NewsDORKOMPLEKSNAB SERVIS MChJ xodimlari “Za…
TadbirlarOctober 29, 2026

DORKOMPLEKSNAB SERVIS MChJ xodimlari “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etishdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining qo‘shma qaroriga muvofiq, korxonamiz xodimlari 2026-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Zakovat Arenasi”da o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichida ishtirok etishdi.

DORKOMPLEKSNAB SERVIS MChJ xodimlari 2026-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Zakovat Arenasi”da bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intellektual o‘yinining yakuniy Respublika bosqichida ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2026-yil 12-iyundagi 2-105“c”-sonli qo‘shma qaroriga asosan tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning intellektual salohiyatini namoyon etish, bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda temiryo‘l sohasi xodimlari o‘rtasida intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.

Korxonamiz jamoasining ushbu intellektual tadbirda ishtirok etishi xodimlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini, jamoaviy birdamligini va faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga xizmat qildi.

Video