YangiliklarTemir yo‘l xodimlari o‘rtasida "Zakovat"…
Tadbirlar02-oktabr, 2026

Temir yo‘l xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

2026-yil 30-sentabr kuni temir yo‘l xodimlari o‘rtasida bilim va zukkolikni sinovdan o‘tkazuvchi "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 20 ga yaqin jamoalar o‘zaro bellashdilar.

2026-yil 30-sentabr kuni soha xodimlarining mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida temir yo‘l xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Murosaiz kechgan va qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tgan intellektual bellashuvda 20 ga yaqin jamoa ishtirok etib, o‘zlarining bilim va zukkoliklarini namoyish etishdi.

O‘yin davomida jamoalar mantiqiy, tezkor va tahliliy fikrlashni talab etuvchi murakkab savollarga javob izlab, yuqori jamoaviy ruh va tajribalarini namoyon etdilar. Bellashuv yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.

Tadbir xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoalar o‘rtasida do‘stona va intellektual muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Video